Tez-tez beriladigan savollar

Muddatli to'lov

Open nima?

Open — bu oddiy va qulay muddatli to'lov bo'lib, sizga hozirning o'zida xarid qilish va keyinroq foizsiz hamda yashirin komissiyalarsiz to'lash imkoniyatini beradi! 75 million so'mgacha limitga ega bo'lgan kartani faqat bizning ilovamiz orqali 5 daqiqada onlayn ro'yxatdan o'tkazish mumkin.

Muddatli to'lov shartlari qanday?

Muddatli to'lov shartlari do'kondan do'konga farq qilishi mumkin. Sizda xarid summasini qo'shimcha foizlarsiz yoki komissiyalarsiz 12 oy ichida to'lash imkoniyati bo'ladi. Muddatli to'lov kartasini tasdiqlashdan oldin ma'lum bir xarid uchun shartlarni aniqlashtirish muhimdir. Buni bizning mobil ilovamizda amalga oshirish mumkin.

Qayerda va qanday qilib Open muddatli to'lov kartasidan foydalanishim mumkin?

Siz Open ilovasi orqali va bizning onlayn hamda oflayn hamkor do'konlarimizdan muddatli to'lovga xaridlar qilishingiz mumkin. Buning uchun faqat onlayn xaridni rasmiylashtirish sahifasida Open'ni tanlang, do'konda xarid qilishda Open QR kodini skanerdan o'tkazing yoki ilovamizda kerakli do'konni tanlang va to'lovni amalga oshiring.

Open muddatli to'lovidan foydalanishda komissiya yechib olinadimi?

Open ilovasidan foydalanish uchun hech qanday komissiya olinmaydi. Karta chiqarish va xizmat ko'rsatish ham bepul. Qonunga muvofiq, faqat oyiga limitning 6 o'n mingdan biri miqdorida sug'urta to'lanadi. Masalan, agar sizning limtingiz 50 million so'm bo'lsa, sizga oyiga faqat 21 ming so'm to'lash kerak bo'ladi. 12 oy davomida foizsiz muddatli to'lovfa 50 million so'mlik xaridlarni amalga oshirish uchun bu juda oz miqdor, to'g'rimi?

Qachon va oyiga qancha to'lashim kerakligini qanday bilaman?

Ilovamizning `Jadval` bo'limida kelajakdagi barcha to'lovlarning miqdori va sanasini ko'rishingiz mumkin. To'lov sanasi — har oyning 5-sanasi. Agar siz oyning 20-sanasi oldin xarid qilsangiz, birinchi to'lov keyingi oyning 5-sanasi bo'ladi.

Muddatli to'lov kartasi

Muddatli to'lov kartam bo'yicha joriy balansim va qarzimni qanday bilib olishim mumkin?

Siz muddatli to'lov kartangiz bo'yicha balansingizni mobil ilovamizning asosiy ekranida ko'rishingiz mumkin, shuningdek, `Mening kartalarim` bo'limida ham ko'rishingiz mumkin.

Open mobil ilovasida nechta karta bog'lash mumkin?

Cheklanmagan.

Muddatli to'lov/kredit kartasini rasmiylashtirish uchun qanday hujjatlar kerak?

Muddatli to'lov kartasini ochish uchun sizga faqat pasport ma'lumotlarini kiritish va yuzni skanerlash orqali identifikatsiyadan o'tish kifoya.

To'lovlar

Open muddatli to'lov qanday to'lov usullarini qabul qiladi?

Oylik to'lovni boshqa kartadan, bank o'tkazmasi orqali yoki Agrobank kassalari orqali naqd pulda to'lash mumkin.

To'lov muddati kelmasdan oldin to'lovni amalga oshirishim mumkinmi?

Ha, aynan shunday qilishni tavsiya qilamiz — to'lov muddati kelishidan bir necha bank kunlari oldin to'lovni amalga oshiring, shunda pul o'z vaqtida o'tadi va qarzdorlik yuzaga kelmaydi.

Muddatli to'lov orqali amalga oshirilgan to'lovlarni qanday bilib olish mumkin?

`Tarix` bo'limida.

Open muddatli to'lovi orqali amalga oshirilgan to'lovni bekor qilish mumkinmi?

Hozirgi vaqtda ilovamizda faqat muddatli to'lovga xaridlar va oylik to'lovni to'lash mumkin. Xaridni bekor qilish mahsulotni sotuvchiga qaytarilganda barcha amaldagi qaytarish qoidalariga rioya qilgan holda avtomatik ravishda amalga oshiriladi. Jadval bo'yicha navbatdagi to'lovni bekor qilish mumkin emas.

Qanday holatlarda to'lov bekor qilinadi?

Mahsulotni sotuvchiga qaytarish qoidalari bo'yicha amalga oshirilganda.

To'lovlarni amalga oshirishda muammolar bo'lsa nima qilish kerak?

Agar bunday vaziyatga duch kelsangiz, iltimos, Open qo'llab-quvvatlash markaziga murojaat qiling. Sizdan pasport seriyasi va raqami, do'konning aniq manzili va karta bog'langan mobil telefon raqamini taqdim etishingiz talab qilinadi. Biz albatta yordam beramiz!

Men to'lovni muddatidan oldin amalga oshirishim mumkinmi?

Ha, bu holda qolgan summa jadval bo'yicha kelajakdagi to'lovlarni qoplash uchun ishlatiladi. Muddatni qisqartirmaymiz, lekin bunga zarurat ham yo'q. Axir siz hech qanday foiz to'lamaysiz, shuning uchun to'lovlar summasi jadval bo'yicha to'lashda ham, muddatidan oldin pul kiritishda ham bir xil bo'ladi.

Ilova

Open mobil ilovasi ishlamayapti, qotib qolgan bo'lsa nima qilish kerak?

Iltimos, qo’llab-quvvatlash markazimizga murojaat qiling va sizning muammoningiz hal etiladi!

Parol

Mobil ilova parolini unutganimda nima qilishim kerak?

Agar siz parolingizni unutgan bo'lsangiz, qayta yangi parol o'rnatishingiz mumkin.

Xaridlar

Open muddatli to'lovi orqali amalga oshirilgan to'lovni bekor qilish mumkinmi?

Hozirgi vaqtda ilovamizda faqat muddatli to'lovga xaridlar va oylik to'lovni to'lash mumkin. Xaridni bekor qilish mahsulotni sotuvchiga qaytarilganda barcha amaldagi qaytarish qoidalariga rioya qilgan holda avtomatik ravishda amalga oshiriladi. Jadval bo'yicha navbatdagi to'lovni bekor qilish mumkin emas.

Open muddatli to'lovi bilan xaridllar qilish bo'yicha cheklovlar bormi?

Siz tasdiqlangan limit doirasida bizning hamkor do'konlarimizdan istalgan miqdorda va istalgan sonli xaridlar qilishingiz mumkin. Masalan, agar sizning limtingiz 50 million so'm bo'lsa, siz bitta xaridni butun ushbu summaga yoki 5 ta xaridni har biri 10 milliondan yoki 50 ta xaridni har biri 1 milliondan amalga oshirishingiz mumkin. Agar keyingi xarid kartangizdagi qolgan limitdan katta bo'lsa, pul yechib olinmaydi. Oylik to'lovni amalga oshirish limit balansingizni oshiradi. Masalan, agar siz butun limtingizni sarflab bo'lgan bo'lsangiz, lekin keyin 1 million miqdorida oylik to'lovni amalga oshirgan bo'lsangiz, siz keyingi to'lovni amalga oshirguningizcha millionga teng xaridlar qilishingiz mumkin.

Qaytarish

Xaridni qaytarish mumkinmi?

Ha, chakana savdoda sotib olingan tovarni standart qaytarish tartibiga muvofiq. Qaytarish amalga oshirilgandan keyin pul Open muddatli to'lov kartangizga qaytariladi. Agar xarid qilingan sanadan qaytarish sanasigacha bir oydan ko'proq vaqt o'tgan bo'lsa, biz muddatli to'lovning amal qilgan muddati uchun bir qismini ushlab qolamiz.

Kredit

Qarz oluvchiga qo'yiladigan talablar qanday?

(Daromad, yosh, kredit tarixi va h.k.) Kamida 21 yoshda bo'lishi, ijobiy kredit tarixi va oxirgi 6 oy davomida rasmiy daromadga ega bo'lishi kerak.

Muddatli to'lov/kredit kartasini olish imkoniyatlarimni bilib olishim uchun kreditni oldindan tasdiqlash imkoniyati bormi?

Muddatli to'lov kartasini buyurtma qilgandan va bank tomonidan skoring jarayoni o'tkazilgandan keyin, sizga beriladigan muddatli to'lov summasini ko'rishingiz mumkin. Keyin agar ma'qullangan muddatli to'lov summasi sizni qoniqtirsa, siz muddatli to'lov kartasini ochish jarayonini boshlashingiz mumkin (asosiy ekranda `Karta buyurtma berish` tugmasini bosish orqali).

Qarzni qanday qaytarish lozim? (Oylik to'lovlar, muddatidan oldin to'lash uchun jarimalar mavjudligi va h.k.)

Ilova asosiy ekranida kelajakdagi to'lovlarni ko'rishingiz mumkin bo'lgan ushbu bo'limda siz oylik to'lovlar jadvalini ko'rishingiz va o'z muddatli to'lovingizni to'lash imkoniyatiga egasiz.

Mobil ilova orqali kreditni boshqarish imkoniyatlari qanday? (Qarzdorlikni ko'rish, to'lash, bildirishnomalar va h.k.)

Ha, bizning ilovamizda siz joriy limit qoldig'ini, yaqinlashib kelayotgan oylik to'lov miqdorini va kelajakdagi to'lovlarning to'liq jadvalini ko'rishingiz mumkin. Bundan tashqari, xaridlar tarixi va bildirishnomalar tarixiga kirishingiz mumkin. Shuningdek, ilovadan chiqmasdan oylik to'lovni amalga oshirishingiz mumkin.

instalCard

Muddatli to'lov kartasi

Opencard ilovasi orqali 5 daqiqa ichida muddatli to'lov kartasini rasmiylashtiring

Muddatli to'lov kartasini ochish

Opencard ilovasi

Muddatli to'lovni so'ndirish jadvali va shaxsiy hisob haqida to'liq ma'lumot beruvchi qulay ilova

iphone